AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Germaniya ishbilarmonlari uchrashdi

4 noyabr kuni poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida O`zbekiston – Germaniya va Germaniya – O`zbekiston ishbilarmonlar kengashlarining navbatdagi qo`shma majlisi bo`lib o`tdi. 

Tadbirda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, sarmoya, bank-moliya, mashinasozlik, neft-gaz, qurilish, qishloq va suv xo`jaligi, yuqori texnologiyalar, engil sanoat, to`qimachilik, elektron mahsulotlar ishlab chiqarish, farmasevtika, bojxona, sug`urta va eksport-import kabi sohalar uchun mas`ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi. 

Mamlakatlarimiz o`rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2014 yilda qariyb 685 million dollarni tashkil etgan. O`zbekistonda Germaniya sarmoyasi ishtirokida savdo, engil sanoat, tibbiyot, farmasevtika, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, avtomobilsozlik, transport va transport kommunikasiyalari sohalariga ixtisoslashgan 110 dan ortiq korxona faoliyat ko`rsatmoqda. Yurtimizda ushbu mamlakatning 40 ga yaqin etakchi firma va kompaniyasi o`z vakolatxonasini ochgan.

Tadbirda O`zbekiston va Germaniya ishbilarmonlari o`rtasidagi hamkorlik ko`lamini yanada kengaytirish va mustahkamlash, birgalikda yangi loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib olindi. 

    Boshqa yangiliklar