Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali maktablarda o`quvchilarga tibbiy xizmat ko`rsatish uchun tibbiyot muassasalari tomonidan tibbiyot xodimlari biriktirilishi zarurligi haqida eslatib o`tmoqda.
Tibbiyot xodimlari maktab rahbariyati va pedagog xodimlar bilan bir qatorda davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etish, sanitariya normalari, qoidalari va gigiena normativlariga rioya qilish, ovqatlanish rejimi va sifatiga, o`quvchilarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish va sog`lomlashtirish uchun mas`uldirlar.
Bunda maktab rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimlarining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (maxsus joy, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko`rsatish uchun zarur bo`lgan dori-darmonlar) yaratib berilishi zarur.






