AsosiyJamiyat

"Natijada chiptachining mazasi yomonlashib qoldi..." “Toshshahartransxizmat” yo`lovchilarga murojaat bilan chiqdi

'"Natijada chiptachining mazasi yomonlashib qoldi..." “Toshshahartransxizmat”  yo`lovchilarga murojaat bilan chiqdi'ning rasmi

“Toshshahartransxizmat” AJ  yo`lovchilik qoidasiga amal qilmayotgan yo`lovchilarga murojaat bilan chiqdi:

"Karantin talablari yumshatilib, jamoat transporti – avtobuslar qatnoviga ruxsat etilgach, yo`lovchilar uchun bir muncha qulayliklar yana o`z holiga qayta boshladi. Yo`lovchi oqimi past bo`lishiga qaramay atvobuslar o`z vaqtida qatnamoqda. Barchamiz guvoh bo`layotganimizdek, yo`nalishlardagi avtobuslar kunning asosiy qismida bo`sh harakatlanayotgani ham ayni haqiqat.

Ayni shu kunlarda ayrim yo`lovchilar avtobusdan foydalanib, yo`l haqi to`lovidan bo`yin tovlayotgani haydovchi va ayniqsa, kunlik rejaga mas`ul bo`lgan chiptachilarning noroziligiga sabab bo`lmoqda.

Masalan, joriy yilning 22 iyun kuni yo`lovchi T.D. 94- yo`nalishda harakatlanayotgan, Azamat Yoqubov boshqaruvidagi avtobusga chiqib, yo`l haqi to`lamagan. O`rtada o`zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan. Ruhiy zo`riqish natijasida chiptachi Ra`no Melievaning salomatligi yomonlashgan va tez yordam xizmati chaqirilgan. Oqibatda avtobusning kunlik qatnovi izdan chiqqan.

Aziz yo`lovchilar!

Yo`lda harakatlanayotgan haydovchi va chiptachilar ishiga bu tarzda halaqit bermang. Chunki, kun davomida yuzlab yo`lovilar bilan muloqotda bo`lib, o`z vazifasini bajarayotgan bu zahmatkashlar sizu bizning xavfsizligimiz va salomatligimizga mas`uldir.

Qolaversa, transport xizmatidan foydalangach, yo`l haqini to`alshni unutmang. Aks holda sizning bu mas`uliyatsizligingiz ma`muriy javobgarlikka sabab bo`lishi mumkin", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar