Qamashida sotuvchi 50 ming so`m uchun mijozni kaltaklab, o`ldirdi

Jinoyat 22.06.2020, 14:47
Qamashida sotuvchi 50 ming so`m uchun mijozni kaltaklab, o`ldirdi

16 iyun kuni taxminan soat 10:20 da Qamashi tumani “Iftixor” ko`chasida joylashgan “Hunarmand” savdo majmuasidagi do`koni xodimi fuqaro A.L., 2020 yil 27 aprel kuni “REDMI 8A” rusumli uyali telefon apparatini 1 mln. 600 ming so`mga sotib olib, shundan to`lanmay qolgan 250.000 so`m qarzini berish maqsadida do`konga kelgan E.S.,dan 300.000 so`m berishini talab qilib, u bilan o`zaro janjallashib, do`kon tashqarisiga chiqib, yuzi va bosh qismiga mushti bilan bir necha marotaba urishi natijasida u erga bosh qismi bilan yiqilib, tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko`ra, E.S., bosh miyaning yopiq jarohati, ensa suyagining chiziqli sinishi va boshqa ko`rinishdagi hayot uchun xavfli bo`lgan “og`ir” tan jarohati olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan A.L.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o`lishiga sabab bo`lgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan.

Eslatma: Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs 8-10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1