AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 125 nafari o`rta darajada og`irligi ma`lum qilindi

'O`zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 125 nafari o`rta darajada og`irligi ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekistonda ayni paytda koronavirus bilan bog`liq vaziyat e`lon qilindi

Unga ko`ra, jami 6358 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan, 4377 (69%) nafar bemor to`liq sog`aygan, 1962 nafari davolanmoqda.

 Davolanayotgan bemorlarning kasallik darajasiga ko`ra holati:

🔸3 nafari — o`ta og`ir;

🔸15 nafari — og`ir;

🔸125 nafari — o`rta og`ir;

🔸1819 nafari — qoniqarli holatda.

🔸68 nafarida pnevmoniya aniqlangan.

 Epidemik vaziyat noxush bo`lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo`lgan 59 540 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda. Jumladan,

* uy sharoitida — 36 655 nafar fuqaro;

*  stasionar sharoitda — 22 885 nafar fuqaro karantinga olingan.

 Virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda 17 600 ta, epid mavsum davomida 1 038 575 ta test sinovi o`tkazildi.

    Boshqa yangiliklar