Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijondagi markaziy bayroq nima sababdan tushirilgan”i yuzasidan maqola e`lon qilindi
Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati quyidagilarni ma`lum qildi:
Bayroq matosiga jiddiy shikast etganligini inobatga olgan holda mas`ullar tomonidan bayroq pastga tushirilgan va 2020 yil 20 iyun kuni yangi bayroq o`z joyiga o`rnatib qo`yilgan.
2020 yil 19 iyun kuni Andijon shahridagi markaziy bayroq mas`ul mutaxassislar tomonidan pastga tushirilgan. Bayroqni tushirilishiga asosiy sabab 18 iyun kuni yuz bergan shamol oqibatida bayroq sim arqonga o`ralib, matoga jiddiy shikast etganligi ma`lum bo`lgan.
Andijon viloyat hokimligi Matbuot xizmati Andijon shahridagi markaziy bayroq tushirilishidan hech qanday maqsad ko`zlanmaganligini va aksincha matoga jiddiy shikast etganligi sababli pastga tushirilib, uning o`rniga yangi bayroq qayta o`z joyiga o`rnatilganligini bildiradi.






