1

Janubiy Koreyada rasman koronavirusning ikkinchi to`lqini boshlangani e`lon qilindi

Dunyo 22.06.2020, 17:24
Janubiy Koreyada rasman koronavirusning ikkinchi to`lqini boshlangani e`lon qilindi

22 iyun kuni tibbiyot sohasi rasmiylari Janubiy Koreyada koronavirusning ikkinchi to`lqini bo`lib o`tayotganini ma`lum qilishdi.

Bundan avval Koreya kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi mamlakatda koroanvirusning birinchi to`lqini hali tugamaganini aytishgandi. Lekin, dushanba kuni ushbu markaz direktori Jeong Eun-keung poytaxt Seul shahri hududida may oyining boshida virusning ikkinchi to`lqini boshlanganini aytgan.

“Bizning fikrimizcha, Seul hududida koronavirusning birinchi to`lqini fevraldan aprelgacha bo`lib o`tdi. Keyin may oyining boshidan hozirgacha ikkinchi to`lqin davom etmoqda” deydi Jeong.

Janubiy Koreyada fevralning oxiriga kelib virusga chalinganlarnig kunlik soni 900 tagacha ko`tarildi. Hukumatning virus zanjirini aniqlash va tekshiruv uchun tezkorlik bilan olib borgan harakatlari natijasida aprelgacha COVID-19 ga chalinganlar sonini keskin tarzda kamaytirshga erishildi.

Lekin, may oyining boshida ijtimoiy masofalanish qoidalari yumshatilganidan keyinoq virus tarqalishi yana avj ola boshladi. Yangi holatlar asosan Seuldagi tungi klub va barlarga kelgan yoshlar orasida tarqaldi.

“Biz aslida koronavirusning ikkinchi to`lqini kuz yoki qishda bo`ladi deb tahmin qilgandik. Ammo, bizning taxminimiz xato bo`lib chiqdi. Insonlar bir biri bilan yaqin aloqada bo`lishda davom etar ekan virus tarqalishi ham davom etaveradi” deydi Jeong.

Janubiy Koreyada hozirgacha 12 483 kishi koronavirusga chalindi va ularning 280 nafari vafot etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1