Sal avval xabar qilganimizdek, SSV Ipoteka bankning Chilonzor filiali xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida ma`lum qildi.
Ipoteka-bankning ma`lum qilishicha, ushbu xodim o`z hisobidan mehnat ta`tilida bo`lgan. Yaqin vaqt ichida u ishda bo`lmagan va boshqa xodimlar, shuningdek mijozlar bilan aloqada bo`lmagan.
Filialning barcha xodimlari Covid-19 virusini aniqlash bo`yicha test topshirmoqdalar.
Ipoteka bankning Chilonzor filiali o`z faoliyatini barcha karantin qoidalariga qat`iy rioya qilgan holda davom ettirmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.






