AsosiyJamiyat

Toshkentning yangi tashkil etilgan tumaniga qaysi mahallalar kirishi mumkinligi ma`lum bo`ldi

'Toshkentning yangi tashkil etilgan tumaniga qaysi mahallalar kirishi mumkinligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Toshkentdagi Yangi hayot tumani tarkibiga kiritiladigan mahallalar nomi keltirilgan hokim qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Unga ko`ra, Toshkentning Sergeli tumani hududidagi 13 ta mahalla fuqarolar yig`ini hududlarini to`liq hamda 6 ta mahalla fuqarolar yig`inlari hududining bir qismi yangi tashkil etilayotgan Yangi hayot tumani tarkibiga o`tkaziladi. Bu haqdagi hokim qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

To`liq holda yangi tuman hududiga o`tayotgan mahallalar — Al-Farg`oniy, «Viqor», «Chorbog`», «Yorqin hayot», «Yo`ldosh», «Charog`on», «Do`stlik», «Navqiron», «Olchazor», «Tashabbus», «Yangi umid», «Yangi Choshtepa», «Xumo».

Hududining bir qismi yangi tumanga qo`shilayotgan mahallalar — «Daryo bo`yi», «Qipchoq», «Sofdil», «Past darxon», «Jo`nariq», «Choshtepa».

    Boshqa yangiliklar