AsosiyJamiyat

Bugun 77 nafar hamyurtimiz Covid-19dan tuzaldi. Shifokorlar qolgan 1932 bemor hayoti uchun kurashmoqda

'Bugun 77 nafar hamyurtimiz Covid-19dan tuzaldi. Shifokorlar qolgan 1932 bemor hayoti uchun kurashmoqda'ning rasmi

SSV jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi ma`lumotiga ko`ra, bugun mamlakatimizda bir qancha hamyurtlarimiz koronavirusdan shifo topib, o`z oilasiga qaytdi.

Namanganda 7 nafar bemor sog`aydi 

Bugun Namangan viloyatida 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`ayib, o`z uylariga kuzatildi. Ularning 6 nafari erkak, 1 nafari ayol bo`lib, kattasi 39, kichigi 20 yoshda.  

Shular bilan Namangan viloyatida koronavirus infeksiyasidan forig` bo`lganlar soni 265 nafarga etdi.

Buxoroda 66 nafar bemor sog`aydi. Shu jumladan 81 yoshli ayol ham virusni engdi

Poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasida 49 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar va Buxoro viloyatida 5 nafar, jami 66 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`ayib, o`z uyiga kuzatildi.

Poytaxtimizda tuzalganlarning 52 nafari erkak, 9 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 81 yoshli onaxon, yoshi kichigi esa 3 yoshda.

Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog`ayganlar soni 2342 nafarga etdi.

Buxoro viloyatida kasallikdan forig` bo`lganlarning  2 nafari erkak, 3 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 40 yoshda, yoshi kichigi esa 28 yoshda. Hozirda ushbu hududda koronavirus infeksiyasidan sog`ayganlar soni 472 nafarga etdi.

Bugun kun davomida 73 nafar Covid-19 infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi. Hozirda mamlakatimiz bo`ylab sog`ayganlar soni 4450 nafarni tashkil etmoqda. Ayni paytda shifokorlarimiz yurtimizdagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanayotgan 1932 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqdalar. 

    Boshqa yangiliklar