AsosiyDunyo

Saudiya Arabistonida uch oy davom etgan komendantlik soati bekor qilindi

'Saudiya Arabistonida uch oy davom etgan komendantlik soati bekor qilindi'ning rasmi

Saudiya Arabistonida uch oylik komendantlik soati bekor qilindi. So`ng yakshanba oqshomida saudiyalik odamlar ilk bor ko`chaga erkin chiqib ovqatlanish va sayr qilish imkoniga ega bo`lishdi. Bu haqda reuters.com saytiga tayanib Tarjumon ma`lum qildi.

Qirollikda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun mart oyida juda qattiq karantin choralari ko`rilgandi. Jumladan, ko`plab shaharlarda 24 soatlik komendantlik soati joriy qilindi va odamlarga faqat oziq-ovqat hamda dori uchungina ko`chaga chiqishga ruxsat berilgan.

Hozirgacha 157 mingdan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan va 1267 kishi vafot etgan Saudiya Arabistonida odamlarning harakati va tadbirkorlik faoliyatiga qo`yilgan taqiqlar may oyidan engillashtirila boshlandi. 21 iyunga kelib esa komendantlik soati butunlay bekor qilindi.

“Biz komendantlik soati bekor qilinganini eshitishimiz bilanoq do`stlarimiz bilan ko`chaga chiqish haqida gaplashdik. Hayot yana qaytib keldi. Bu boshqacha tuyg`u ekan” deydi motosiklchilar guruhi a`zosi Hishom Mahros.

Ba`zi restoranlar ushbu hodisani musiqalar bilan qarshi olishdi.

“Biz yuragimizdan sevindik. Biz Riyod normal hayotga qaytganini nishonlab o`z mijozlarimiz bilan birga qo`shib kuyladik. Umid qilamizki,tez orada butun dunyoda ham hayot o`z iziga tushib ketadi” deydi Riyoddagi restoranlardan birida ofisiant bo`lib ishlovchi Ahmad Moad.

Ko`plab ishlarga ruxsat berilganiga qaramay, Qirollikda ba`zi cheklovlar saqlanib qolinadi. Xususan, 50 tadan ko`p odamning to`planishi mumkin emas, mamlakat chegaralari chet elliklar uchun yopiqligicha qoladi va umra ibodatining vaqtincha to`xtatilishi ham davom etadi.

    Boshqa yangiliklar