AsosiyJamiyat

Yangi Qonun bilan energiya resurslari xarajatlari optimallashtiriladi

'Yangi Qonun bilan energiya resurslari xarajatlari optimallashtiriladi'ning rasmi

“Energiyadan oqilona foydalanish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni ko`rib chiqildi.

Mazkur Qonunning qabul qilinishi energiya resurslari xarajatlarini optimallashtirish, energiya resurslari iste`moli samaradorligining tizimli monitoringini yuritish hamda aholining real daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.

Qonun energetika tarmoqlarida hosil qilinayotgan elektr va issiqlik energiyasi, yoqilg`i va boshqa noan`anaviy energiya resurslaridan iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohada yanada oqilona va samarali foydalanish, qolaversa, energiya resurslari iste`molining samaradorligi va zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish xizmatlarini ko`rsatishning huquqiy  asoslarini takomillashtirish maqsadlarini o`zida aks ettirgan.  

Shu bilan birga, Qonunda energiya samaradorlik ko`rsatkichlariga tovarlarning muvofiqligi bo`yicha majburiy sertifikatlanishi to`g`risidagi norma belgilanmoqda. Bunda mutasaddilarga energiya samaradorligini oshirish va yoqilg`i-energetika resurslarini tejash ko`rsatkichlarini aniqlash metodikasini hamda maqsadli ko`rsatkichlarini tasdiqlash, energiyadan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish yuzasidan qonunchilik talablariga rioya etilishi bo`yicha davlat nazorati tartibini belgilash vazifalari yuklatilmoqda.

Mazkur Qonunning qabul qilinishi energiya resurslari xarajatlarini optimallashtirish, energiya resurslari iste`moli samaradorligining tizimli monitoringini yuritish hamda aholining real daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.

Senat a`zolari ushbu Qonunni ma`qulladi.

    Boshqa yangiliklar