AsosiyJamiyat

Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari tayinlandi

'Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari tayinlandi'ning rasmi

Namangan viloyati hokimining shu yil 19 iyundagi farmoyishi bilan Payziev Xurshidbek Komiljonovich viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda hokimlikning rasmiy telegram kanali ma`lum qildi.

Xurshidbek Payziev 1985 yili Namangan viloyatining Chust tumanida tug`ilgan. NamDUning tarix fakulteti ijtimoiy – madaniy faoliyat yo`nalishini tamomlagan. Namangan shahar hokimligining “Namangan sadosi” gazetasida muxbir, “Ma`rifat gulshani” gazetasida muharrir vazifalarida ishlagan.  

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar esa O`zbekiston XDP Namangan viloyat kengashining ijtimoiy-siyosiy nashri “Xalq irodasi”  gazetasining bosh muharriri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma`lumot uchun: Viloyat hokimining axborot xizmati rahbari bir vaqtning o`zida hokimning axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar