SSV xabariga ko`ra, 2020 yil 22 iyun soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6461 (+60) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 49 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 nafari Toshkent viloyatida (shundan 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 1 nafari aholi orasida), 5 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida) aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 4450 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 1992 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






