AsosiyJamiyat

Hozirda O`zbekistonda 35 690 nafar fuqaro uy karantinida kuzatuvda bo`lib turibdi

'Hozirda O`zbekistonda 35 690 nafar fuqaro uy karantinida kuzatuvda bo`lib turibdi'ning rasmi

Bugun mamlakatimizda jami 146 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 136 nafari Karantin muassasalarida, 5 nafari aholi orasida (shundan 4 nafari Toshkent shahrida, 1 nafari Toshkent viloyatida), qolgan 5 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan, deb xabar bermoqda SSV.

Avval ma`lum qilganimizdek, bugun 73 nafar fuqaro sog`aydi. Ular Toshkent shahri, Buxoro va Namangan viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishgan.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 6461 nafar bemordan 4450 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 69 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1992 nafar bemordan 15 nafari og`ir, 4 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 35 690 nafar, stasionar karantinda esa 22 614 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo`lib turibdi.

    Boshqa yangiliklar