1

Tibbiyot niqobi olib kelib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

Jinoyat 23.06.2020, 09:56
Tibbiyot niqobi olib kelib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

24 fevral kuni 43 yoshli A.A., o`zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish maqsadida, Chilonzor tumani TXAY ko`chasida 32 yoshli B.B., ga Eron davlatidan 2 mln. dona tibbiyot niqobi olib kelib berishini va`da qilib, B.B., dan 15.950 AQSh dollari miqdoridagi naqd pullarni oldindan olib, shu kunga qadar bergan va`dasini bajarmay, olgan pullarini o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan A.A., ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha A.A., ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan va  unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1