Ohangaron tumanining “Oybuloq” mahalla fuqarolar yig`ini hududida “EKO-KERAMIKA” mas`uliyati cheklangan jamiyati qo`shma korxonasi tomonidan xitoylik hamkorlar bilan birgalikda 3 gektar maydonda zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan g`isht zavodi barpo etilyapti. Loyihaning umumiy qiymati 5 million AQSh dollaridan iborat bo`lib, uning atrof-muhitga ta`siri kam bo`ladi.
Korxona foydalanishga topshirilgach, yiliga 70 million dona pishgan g`isht ishlab chiqariladi. Shuningdek, mahalliy aholi uchun 50 ga yaqin yangi ish o`rni ham yaratiladi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma`lumotlariga ko`ra, mazkur zavod joriy yilning oktyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.






