AsosiyJinoyat

Guliston shahrida o`z farzandini 18 ming AQSh dollariga sotayotgan ayol qo`lga olindi

'Guliston shahrida o`z farzandini 18 ming AQSh dollariga sotayotgan ayol qo`lga olindi'ning rasmi

Joriy yilning 23 iyun kuni Sirdaryo viloyati IIB TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Sardoba tumanida yashovchi «L» va «M» ismli shaxslar «L» ismli shaxsning 2020 yil may oyida tug`ilgan chaqaloq farzandini 18.000 (o`n sakkiz ming) AQSh dollari evaziga sotgan vaqtida qo`lga olingan.

Tadbir davomida “L” hamda “M” ismli shaxslardan ashyoviy dalil tariqasida 18.000 (o`n sakkiz ming) AQSh dollari olingan.

Mazkur holat yuzasidan hozirgi vaqtda Sirdaryo viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan tezkor tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar