AsosiyJamiyat

Andijonda 18 yoshli yigit singlisi bilan gaplashmaslikni talab qilgan akani pichoqladi

'Andijonda 18 yoshli yigit singlisi bilan gaplashmaslikni talab qilgan akani pichoqladi'ning rasmi

Andijonda singlisini himoya qilgan akaning zarbasiga dosh bera olmagan yigit uni pichoqladi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Aniqlanishicha, 2020 yil 20 iyun kuni soat 10:00 da fuqaro 21 yoshli A.X., Shahrixon tumani Oq masjid ko`chasida fuqaro 18 yoshli A.B.,ga singlisi S.X., bilan gaplashmasligini aytib, urib, tan jarohati etkazgan. Shu sababli A.B., A.X.,dan o`ch olish maqsadida shu kuni soat 22:00 da A.X.,ni ushbu joyga chaqirib, yonida bo`lgan pichoq bilan A.X.,ning qorin sohasiga bir marotaba qasddan urib og`ir tan jarohati etkazgan.

Holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan A.B.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hodisa joyini ko`zdan kechirish davomida A.X.,ning egnida bo`lgan futbolkasi va bir dona xo`jalik pichog`i ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Dastlabki tergov jarayonida, A.B., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Tergov jarayonida A.X.,ning A.B.ga tan jarohati etkazganlik holati bo`yicha uning harakatlariga ham huquqiy baho beriladi.

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar