AsosiyJamiyat

Sog`liqni saqlash, xalq ta`limi va veterinariya sohalari bo`yicha maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi

'Sog`liqni saqlash, xalq ta`limi va veterinariya sohalari bo`yicha maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi'ning rasmi

Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga muvofiq, tegishli vazirlik va mahalliy hokimliklar buyurtmalari asosida  respublika hududlaridagi sog`liqni saqlash, xalq ta`limi, veterinariya sohalarida oliy ma`lumotli kadrlarga mavjud yuqori ehtiyojni qoplash maqsadida maqsadli qabul ko`rsatkichlari belgilandi, deb xabar bermoqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati.

Bunda 2020/2021 o`quv yilida respublika oliy ta`lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta`lim shakli bo`yicha davlat buyurtmasi asosida o`qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosida jami 2537 ta ajratildi.

Jumladan,

* sog`liqni saqlash sohasi uchun tumanlar kesimida – 1 507 ta;

* xalq ta`limi sohasi uchun tumanlar kesimida – 805 ta;

* veterinariya sohasi uchun hududlar kesimida – 225 ta.

    Boshqa yangiliklar