AsosiyJamiyat

Toshkentga qurol bilan kirib kelayotgan shaxs qo`lga olindi

'Toshkentga qurol bilan kirib kelayotgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Noqonuniy qurol olib yurgan shaxs aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV PPX va JTSBB.

Keltirilishicha, joriy yilning 12 iyun kuni soat 21.50da Toshkent shahar IIBB PPXB  1-batalon, 5-otryad xodimi safdor D.R.Uktamov, IIBB YHXB YPXB 1-batalon, 6-otryad inspektori katta serjant V.Meyliev hamda Kinologiya xizmati xodimi safdor Sh.Abduqodirovlar Bektemir tumanida joylashgan “Bektemir” YPX maskanida xizmat olib borayotgan bo`lishadi.

Mazkur vaqtda Toshkent viloyati hududidan Toshkent shahri hududiga kirib kelayotgan Toshkent viloyati, Bekobod shahri, 11-mavze, 14-uy, 19-xonadonda istiqomat qiluvchi 1999 y.t. I.Baxtiyorovga tegishli bo`lgan “Neksiya-3” rusumli avtoulov to`xtatilib hujjatlarini tekshirish jarayonida haydovchi o`zida shubha uyg`otganligi sababli, xolislar ishtirokida tekshirilgan.

 Shunda avtoulovning ichki qismidagi bardachogidan MR-654K pnevmatik quroli va ikki dona gazballoni hamda 30-40 dona zoldorli o`qlari borligi aniqlanib, Bektemir tumani 1-sonli IIBga topshirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar