AsosiyJamiyat

Zoyir Mirzaev Qashqadaryoda haftaning juma kunini muhim masalaga bag`ishlangan kun sifatida e`lon qildi

'Zoyir Mirzaev Qashqadaryoda haftaning juma kunini muhim masalaga bag`ishlangan kun sifatida e`lon qildi'ning rasmi

Qashqadaryo hokimi Zoyir Mirzaev haftaning har jumasini yoshlarni ish bilan ta`minlash va muammolarini echish kuni deb e`lon qildi. Bu haqda viloyat hokimining bitiruvchilarga qilgan murojaatnomasida ma`lum qilindi, deya xabar berdi viloyat hokimligi Matbuot xizmati. 

“2019\2020-o`quv yilida viloyatdagi mavjud umumta`lim maktablarini 47 680 nafar o`quvchi tamomladi. Ularning 409 nafari oltin, 313 nafari esa kumush medal sohibi bo`ldi, — dedi viloyat hokimi Zoyir Mirzaev. — O`tkazilgan so`rov va o`rganish natijasiga ko`ra, maktab bitiruvchilarning 38 470 nafari OTMlarda, 9210 nafari o`rta maxsus muassasalarida o`qishni davom ettirish istagini bildirgan”.  

“Endi haftaning har juma kuni xoh u boshqarma boshlig`i bo`lsin, xoh hokim, yoshlarni tinglaydi va ularni ish bilan band qilish, muammosini echishga vaqt ajratadi”, — dedi Zoyir Mirzaev

    Boshqa yangiliklar