Bugun poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasida 57 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, Samarqand viloyatida 1 nafar, jami 70 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`ayib, o`z uyiga kuzatildi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar qildi.
Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasi 4022 holatda qayd etilgan bo`lsa, endilikda ushbu kasallikdan sog`ayganlar soni 2411 nafarga etdi va hududda 1600 nafar bemor davolanmoqda.
Samarqand viloyatida bugun kasallikdan forig` bo`lgan 52 yoshli ayol bilan birga ushbu hududda koronavirus infeksiyasidan sog`ayganlar soni 384 nafarni tashkil qilmoqda.Ayni paytda viloyatda 25 nafar bemor davolanmoqda.
Shunday qilib, bugun shu vaqtgacha 70 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo`ylab sog`ayganlar soni 4520 nafarni tashkil etmoqda.






