AsosiyJinoyat

Toshkentda bozordan joy ajratib berishni va`da qilib, fuqaroni 300 dollarga tushirgan «Qo`yliq dehqon bozori» xizmatchisi qo`lga olindi

'Toshkentda bozordan joy ajratib berishni va`da qilib, fuqaroni 300 dollarga tushirgan «Qo`yliq dehqon bozori» xizmatchisi qo`lga olindi'ning rasmi

Qo`yliq bozoridan joy ajratib berishni va`a qilgan shaxs fuqaroni 300 dollarga tushirib ketdi.

Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida ma`lum qilinishicha voqea bunday bo`lgan:

15 iyun kuni Toshkent shahar IIBBga 33 yoshli Azamat ismli shaxs murojaat qilgan. Uning aytishicha oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanish niyati borligini aytganida “Qo`yliq” bozori ishchisi G`ani ismli shaxs unga joy ajratib berishni va`da qilgan. Buning evaziga 3.000 AQSh dollari berishi kerakligi va oldindan 300 AQSh dollari to`lashi zarurligini aytgan. 

Azamat 300 AQSh dollarini o`shandayoq bu kimsaga bergan, pulning qolgan qismini esa 15 iyun kuni berishiga kelishishgan. Ammo belgilangan kunda G`ani Azamatga faqat 1 iyul kunidan ish boshlashi mumkinligini aytgan. Ushbu harakat Azamatda shubha uyg`otgach, u huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilgan.

IIBB xabarida aytilishicha Azamat ismli fuqaroning arizasiga ko`ra Toshkent shahar IIBB JQB iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash bo`lishi xodimi tomonidan tekshiruv o`tkazilgan.

Bu jarayonda “Qo`yliq dehqon bozori” AJ yong`in xavfsizligi bo`yicha mutaxassisi 56 yoshli G`ani ismli xodim Azamatdan pul olib, o`z ehtiyojiga sarflab yuborganini tan olgani aytilmoqda.

Mazkur fakt asosida Bektemir tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan bo`lib, bugungi kunda tergov olib borilmoqda, deyiladi bayonotda.

    Boshqa yangiliklar