SSV xabar berishicha poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 28 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 12 nafar, jami 40 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`ayib, o`z uyiga kuzatildi.
Tuzalganlarning 21 nafari erkak, 19 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 75 yoshli onaxon, yoshi kichigi esa 2020 yilda tug`ilgan.
Endilikda Toshkent shahri va viloyatida ushbu kasallikdan sog`ayganlar soni 2451 nafarga etdi.
‼️Shunday qilib, bugun 110 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo`ylab sog`ayganlar soni 4560 nafarni tashkil etmoqda.






