Farg`ona viloyati, Bag`dod tumanida maktab va kollej bitiruvchilarining viloyat hokimi bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.
Uchrashuvda hokim Shuhrat G`aniev Ummon sultonligining Sulton Qabus universitetida onlayn tarzda O`zbekiston Fanlar Akademiyasining V.I.Romonovskiy nomli Matematika institutida fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasi uchun dissertasiyasini yoqlagan asli bag`dodlik Erkinjon Karimovning onasini tabrikladi.
Erkinjon Karimovning fizika-matematika fanlari bo`yicha fan doktori (DSc) dissertasiya ishi himoyasi to`g`risida O`zA yozgandi. «Differensial tenglamalar va matematik fizika» ixtisosligi bo`yicha «Kasr va butun tartibli differensial tenglamalar uchun integral ulash shartli chegaraviy va teskari masalalar» mavzusidagi fizika-matematika fanlari doktori (DSc) dissertasiya ishi himoyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 raqamli Ilmiy kengashning 2020 yil 19 iyun kuni onlayn majlisida bo`lib o`tishi xabar qilingandi.
Yoshlar bilan muloqot chog`ida Shuhrat G`aniev "dunyoda eng katta boylik ilm va hunar" deya ta`kidlagan va yaqin kelajakda yoshlar orasidan ham yirik olimlar chiqishiga umid bildirgan.






