O`zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi ko`magida Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi rahbariyati va Koreyaning “SILKROSS” kompaniyasi vakillari o`rtasida respublikada avtotransport vositalarini texnik ko`rikdan o`tkazish markazlarini tuzish loyihasini muhokama qilish maqsadida videokonferensiya orqali muzokaralar olib borilishdi.
Tadbir davomida, Janubiy Koreya hamkorlari bilan jismoniy va yuridik shaxslar, transport vositalari egalari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, avtomototransport vositalarini texnik ko`rikdan o`tkazishdagi xalqaro talablar, transport vositalarini majburiy texnik ko`rikdan o`tkazilishidagi samaradorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Suhbatlashuv yakunlariga ko`ra ushbu sohadagi o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishni davom ettirishga kelishildi.






