AsosiyJamiyat

Qarshi shahrida olib borilayotgan qurilishda halokat yuz berdi, qurbon bor!

'Qarshi shahrida olib borilayotgan qurilishda halokat yuz berdi, qurbon bor!'ning rasmi

Qarshi shahrida yangi qurilayotgan binoda yuk ko`taruvchi konstruksiyalarning qulashi holati sodir bo`ldi. FVV mazkur hodisa oqibatida yuzaga kelgan vaziyat to`g`risida birlamchi ma`lumot taqdim etdi.

Keltirilishicha, kecha,  23 iyun kuni soat 21:30da Qarshi shahri, I.Karimov ko`chasi “Nasaf Travel” mehmonxonasi binosining chap tomonidan qo`shimcha qurilayotgan 5 qavatli binoning yuk ko`taruvchi temir-beton konstruksiyalari qulab tushgan. Buning oqibatida, 1 nafar ishchi-xodim voqea joyida vafot etgan.  

Mazkur vaziyat yuzasidan, hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Mudofaa, Sog`liqni saqlash vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy Gvardiya va Prokuratura organlarining hududiy  boshqarmalari shuningdek, Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimining kuch va vositalari etib borishgan.

Ayni vaqtda, holatning kelib chiqish sabablari o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar