Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Shahrisabz Davlat muzey-qo`riqxonasi bosh direktori N.X.ning kirdikorlari fosh bo`ldi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Direktor N.X. muzey-qo`riqxonada haqiqatda ishlamagan turmush o`rtog`i D.V. va 4 nafar fuqarolarga soxta hujjatlar asosida ish haqi hisoblab, 62,9 mln so`m byudjet mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan N.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






