Yurtimizda e`lon qilingan karantin tadbirlari fuqarolarimizdan amaldagi qonunchilik talablariga qat`iy rioya talab etadi. Biroq shunday sinovli kunlarda o`z manfaatlari yo`lida tartib qoidalarni qo`pol ravishda buzishga urinayotgan kimsalar ham uchrab turibdi.
Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Mirobod tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida yana bir qing`irlikka chek qo`yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati xaar bermoqda.
Tezkor tadbir davomida fuqaro T.B. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinadagi yo`lovchi fuqaro O.V. shartli xaridorga umumiy qiymati 306 million so`mlik, sifati kafolatlanmagan 2040 dona “virus blokator” vositalarini noqonuniy tarzda pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






