AsosiyJamiyat

Shahrisabz shahridagi portlash sabablari o`rganildi

'Shahrisabz shahridagi portlash sabablari o`rganildi'ning rasmi

22 iyun soat 23:45 o`tganda Shahrisabz shahridagi Pillakashlik MFYga qarashli 1–uyning 4 qavatida joylashgan 421-xonadonda gaz havo aralashmasining chaqnashi oqibatida portlash yuz bergan. 

Biz ushbu holatni o`rganish maqsadida shahar FVB boshlig`i podpolkovnik Z.Azimov va Shahrisabz shahar gaz filiali boshlig`i G`.Tariqulov va o`rganish jarayonida ishtirok etgan mutaxassislar bilan ham so`hbatlashdi. Ular tomonidan taqdim etilgan ma`lumotnomada ushbu baxtsiz hodisa tafsiloti to`liq, aniq va to`g`ri bayon etilganligining guvohi bo`ldi. Qayumov Azamat Abdusalomovich 1986 yilda Shahrisabz shahrida tug`ilgan. Kulollik MFYga qarashli Kunduzak ko`chasi 13-uyda yashaydi. Ikkala qo`li, oyog`i va yuzi 35-40 foyiz ko`yish tan jarohatini olgan. Bundan tashqari chaqnash natijasida 421-xonadon bilan yonma-yon joylashgan qo`shni xonadonni ajratib turuvchi devor (stena) hamda uyning yo`lak qismidagi devor qulab tushgan. Shuningdek binoning deraza romlariga va eshiklariga ham zarar etgan. Qayumov Rustam Rahmatullaevich 1985 yilda Shahrisabz shahrida tug`ilgan. Pillakashlik MFY qarashli 1-uyning 405-xonadonida ro`yxatda turadi. Hozirgi kunda Muborak tumanida yashaydi. Voqea joyini ko`zdan kechirgan vaqtda va dastlabki surishtiruv ishlari jarayonida gaz havo aralashmasining chaqnashi tufayli sodir bo`lgan xonadonda 2 komforali tabiiy gazga ulangan plita joylashganligi ma`lum bo`ldi. Jabrlanuvchilar mazkur binoning 417-xonadonida ta`mirlash ishlari bilan shug`ullanib, kechgi payt 421 xonadonga yuvinmoqchi bo`lib kirishgan. Shu payt ular elektr chirog`ini yoqishganda xonada to`planib turgan gaz tufayli havo aralashmasining chaqnashi sodir bo`lgan. Hozirgi kunda ushbu chaqnash natijasida kuyish tan jarohatini olgan ikalla fuqaro Shahrisabz shahar shifoxonasida davolanmoqda. Shahar IIB tomonidan voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 


 

                                                                                                                                                                                                                                         Gulnora Uzoqova 

                                                                                                                                                                                                                  Shahrisabz shahar hokimligi axborot xizmati rahbari

    Boshqa yangiliklar