Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudining sud hujjatiga asosan qarzdor Firuza Boboqulova va boshqalardan undiruvchi «Milliy bank Samarqand filiali foydasiga jami 6 mlrd. 103 mln. 556 ming so`m moddiy zarar undirish belgilangan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor F.Boboqulova va boshqalarning mol-mulki, jumladan «Malibu», «Lasetti», «Kobalt», «Spark» kabilar hisobidan 521 mln. so`m moddiy zarar qoplangan.
Shuningdek, ushbu zararni undirish bo`yicha 6 mlrd. 164 mln. 357 ming so`mlik ko`chmas mulklari davlat ijrochisi tomonidan xatlanib, sotuvga chiqarish choralari ko`rilmoqda.






