AsosiyJamiyat

Bir haftadan so`ng ipoteka krediti asosida biriktirilgan uy-joylar narxi 15 % ga oshadi

'Bir haftadan so`ng ipoteka krediti asosida biriktirilgan uy-joylar narxi 15 % ga oshadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-5886-sonli farmonida “O`zshahar qurilish invest” IK MChJ ga 2017-2019 yillar dasturlarida qurilgan uy-joylarni realizasiya qilishda 2020 yil 1 iyulga qadar qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilish belgilangan edi.

Mana ushbu sanaga ham sanoqli kunlar qoldi. Uy-joylar va xonadonlar toki fuqarolar nomiga notarial tartibda rasmiylashtirilgunga qadar “O`zshahar qurilish invest” IK MChJ ning mulki hisoblanadi.

Bugungi kunga kelib, hududiy komissiyalar tomonidan uy-joylarga biriktirilgan fuqarolarning ko`pchiligi yuqoridagi imtiyozdan foydalangan holda uy-joylarni o`z nomlariga rasmiylashtirib olishdi.

Ammo turli sabablarga ko`ra uy-joylarni o`z nomlariga rasmiylashtirishga ulgurmagan fuqarolar o`zlariga biriktirilgan xonadonlarni 2020 yil 1 iyulga qadar o`z nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib, ipoteka krediti yoki to`liq o`z yonidan to`lash orqali xonadon qiymati "O`zshahar qurilish invest" IK ga to`lab berilmasa, uy-joylar narxiga 15% qo`shilgan qiymat solig`i qo`shiladi.

Masalan 1 m2 o`rtacha 3 980 000 so`mlik uy-joylarda narx qo`shilgan qiymat solig`i bilan 4 577 000 so`mni (QQS 597 000 so`m) tashkil qiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib uy-joylarga biriktirilgan fuqarolardan uy-joylar narxlari QQS qo`shilishi hisobiga keskin oshib ketishining oldini olish uchun joriy yilning iyul oyi 1 sanasiga qadar xonadonlarni o`z nomlariga notarial tartibda rasmiylashtirishlari so`raladi.

P.S// Ushbu talab uy-joylarni o`z nomlariga notarial tartibda rasmiylashtirib, ipoteka kreditlari ajratilgan fuqarolarga taalluqli emas.

    Boshqa yangiliklar