AsosiyJamiyat

2020/2021 o`quv yili uchun qo`shimcha grantlarga tavsiyanomalar kimlarga beriladi?

'2020/2021 o`quv yili uchun qo`shimcha grantlarga tavsiyanomalar kimlarga beriladi?'ning rasmi

Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig`i Dilshoda Mirzajonova 2020/2021 o`quv yili uchun qo`shimcha grantlarga tavsiyanomalar quyidagi fuqarolarga berilishini ma`lum qildi:

– kam ta`minlangan oiladan chiqqan xotin-qizlar;

– to`liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya`ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;

– 14 yoshgacha bo`lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg`iz ayol (erkak)larning qizlari;

– shaxsiy uy-joyga ega bo`lmagan, ijarada yashayotgan oilalar;

– ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo`lgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko`maklashish markazlarida hisobda turganlar;

– nogironligi bo`lgan farzandi bor oilalardan chiqqan xotin-qizlar;

– oliy ma`lumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning o`rtacha ko`rsatkichlaridan ikki yoki undan ortiq marotaba past bo`lgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin bo`lgan hududlarda yashovchi oilalardagi qiz farzandlar (ularni o`z hududida 3 yil ishlash sharti bilan).

Asos — Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyundagi “Oliy ta`lim muassasalariga qo`shimcha davlat granti asosidagi qabul ko`rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o`qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 402-sonli Qarori.

    Boshqa yangiliklar