AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o`rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifing bo`lib o`tdi. Unda aholi tomonidan yo`llangan savollarga javob qaytarildi.
Xususan, Qozog`istondan O`zbekistonga o`tish oldidan tahlil topshirsa, 14 kunlik karantinga olinmaydimi, degan savol berildi.
Ma`lum qilinishicha, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko`ra, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va Isroil davlatida oxirgi 14 kun ichida bo`lib turgan va O`zbekistonga kirib kelgan shaxslar karantin nazoratiga olinmaydi.
Evropa Ittifoqi, Malayziya, Tailand, Singapur davlatlaridan kelgan shaxslar 14 kun davomida uy karantiniga olinadi, qolgan boshqa davlatlardan O`zbekistonga kirib kelgan shaxslar esa 14 kun davomida karantin nazoratida saqlanadi






