23 iyun kuni taxminan soat 10.05 da Uchtepa tumanidagi Toshkent xalqa avtomobil yo`lida 28 yoshli «Spark» haydovchisi Sherbek J. yo`lni belgilanmagan qismidan kesib o`tmoqchi bo`lgan piyodani urib yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
YTH natijasida 73 yoshi Amandulla K. tan shikastlari olib, shifoxonada hayotdan ko`z yumdi. Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish») bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.






