“Hududgaz Toshkent shahar” MChJ Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasidagi er osti gaz quvurida gaz sizib chiqish holati (avariya) aniqlanganligi sababli ushbu hududda 25 iyun kuni 11:00 dan 17:00 gacha ta`mirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan ayrim manzilgohlarda gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.
* Chilonzor 10-16-17-mavzelari;
* S-mavzesi;
* “Naqqoshlik” MFY;
* “Do`mbrabod” MFY;
* “Katta Do`mbrabod” MFY;
* Gavhar MFY;
* “Tirsakobod” MFY;
* “Katta Qozirobod” MFY.
Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Toshkent shahar” MChJ noqulayliklar uchun uzr so`raydi.






