2 yildan beri va`dasini bajarmasdan 373 mln. so`m pullarni bermasdan kelayotgan firibgarlarga nisbatan tergov harakatlari boshlandi, deya xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Keltirilishicha, Kitob tumanida yashovchi 42 yoshli J.M. ariza bilan murojaat qilib, unda Kitob tumani Yangiqishloq qishlog`ida yashovchi L.X. va B.X.,larga 2018 yil noyabr oyining boshlarida 1,5 milliard so`mlik metall profnastil mahsulotlari berganligini, pullarni 5 oy ichida berishligini aytganligini, pullarni bir qismini berib, qolgan 373 mln. so`m pullarni hozirgi kunga qadar bermay kelayotganligini, pullarini L.X. va B.X.,lardan undirib berib, ularga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.
Holat yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.






