AsosiyJamiyat

Marg`ilonda “Cobalt” urib yuborgan velosipedchi vafot etdi

'Marg`ilonda “Cobalt” urib yuborgan velosipedchi vafot etdi'ning rasmi

Marg`ilon shahrida 17 iyun kuni fuqaro Yu.J. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashina ko`chaning qatnov qismidan kesib o`tayotgan velosipedchi S.B.ni urib yuborgan. Buning oqibatida velosipedchi S.B. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIBB axborot xizmati ma`lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Yo`l harakati qoidalariga amal qiling. Yo`l qoidasi umr foydasi ekanligini esdan chiqarmang. Qoidabuzarlik ayanchli yakun topishi  mumkin.  

    Boshqa yangiliklar