AsosiyJamiyat

278 ta musiqa va san`at maktablarida rekonstruksiya ishlari bajarildi

Bugun Xalq ta`limi vazirligi tomonidan poytaxtimizdagi 20-sonli bolalar musiqa va san`at maktabida “Bolalar musiqa va san`at maktablarida yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar va o`quvchi-yoshlarimizning xalqaro tanlovlarda muvafaqqiyatli ishtiroki” mavzusidagi matbuot anjumani o`tkazildi.

Matbuot anjumanidan avval tadbirga taklif qilingan OAV vakillari bolalar musiqa va san`at maktabi faoliyati tanishdilar hamda xalqaro tanlovlarda muvafaqqiyatli ishtirok etgan o`quvchi-yoshlar ishtirokida tayyorlangan konsert dasturini tomosha qildilar.

Tadbirda Bolalar musiqa va san`at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo`yicha 2009-2014 yillarga mo`ljallangan Davlat dasturi doirasida asosan aholi zich bo`lgan hamda umumta`lim maktablari yaqin bo`lgan joylarda 278 ta bolalar musiqa va san`at maktablarida qurilish-tiklash (136 ta yangi qurilish, 142 tasi kapital rekonstruksiya) ishlari bajarilgani qayd etildi. Ularning barchasi 137 mlrd. so`mlik zamonaviy musiqa cholg`ulari, ovoz kuchaytirgich, mebel va uskunalar bilan jihozlandi. Shuningdek, 2 ta respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseyi ham kapital rekonstruksiya qilinib, tegishli jihozlar bilan ta`minlandi.

Matbuot anjumani davomida xalq ta`limi tizimidagi bolalar musiqa va san`at maktablari o`rtasida an`anaviy tarzda o`tkazib kelinayotgan “Yilning eng namunali bolalar musiqa va san`at maktabi” tanlovining joriy yildagi g`oliblari taqdirlandi.

 

    Boshqa yangiliklar