Shu soatlarda poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`ayib, o`z uyiga kuzatildi.
Tuzalganlarning 9 nafari erkak, 1 nafari ayol bo`lib, ularning eng yoshi ulug`i 59 yoshda, eng kichigi esa 20 yoshda.
Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan sog`ayganlar soni 2567 nafarga etdi.
Shunday qilib, bugun yurtimizda 125 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo`ylab sog`ayganlar soni 4685 nafarni tashkil etmoqda.






