AsosiyJamiyat

“Afrosiyob” elektrovozi oynasi beton bo`lagidan darz ketdi

'“Afrosiyob” elektrovozi oynasi beton bo`lagidan darz ketdi'ning rasmi

Toshkent mintaqasi temir yo`l transportida xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasiga 23 iyun kuni soat 20:05 da IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi Yo`lovchi poezdlarini kuzatish bataloni navbatchisi Sh.Asomov telefon orqali, “S.Raximov” temir yo`l bekatining 3378-km. 5-to`siqda, mashinist M.Fayziraxmonov boshqaruvdagi “Buxoro-Toshkent” yo`nalishidagi “Afrosiyob” tezyurar yo`lovchi poezdning elektrovoz oynasiga qattiq jism kelib tegishi natijasida dars ketganligi haqida xabar berdi.

Voqea joyiga chiqilib, olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, “S.Raximov” temir yo`l bekatining 3378-km. 5-to`siqda, Toshkent shahar, Sergeli tumani, “Choshtepa” mahallasi hududida, Toshkent metropoliten qurilish ishlari olib borilayotgan vaqtida, temir yo`l izining ustida o`tuvchi metropoliten mostiga beton nasosi orqali quyilgan beton mahsuloti qotmaganligi sababli, “Buxoro-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha harakatlanayotgan “Afrosiyob” yo`lovchi tezyurar poezdi elektrovozining old oynasiga beton qorishmasi bo`laklari tegib dars ketganligi ma`lum bo`lgan.

Surishtiruvni Toshkent-Janubiy vokzalida transportda xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasi olib bormoqda, deyiladi IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi xabarida. 

    Boshqa yangiliklar