AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistondan qaysi davlatlarga charter reyslar amalga oshirilishi e`lon qilindi

'Ertaga O`zbekistondan qaysi davlatlarga charter reyslar amalga oshirilishi e`lon qilindi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ertaga, 26 iyun kuni tashkil etiladigan charter reyslar ro`yxatini e`lon qildi. Unga ko`ra: 

Nyu-York – Toshkent

Toshkent – Istanbul – Toshkent parvozlari amalga oshiriladi. 

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.  

 O`zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o`z xohishiga ko`ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta`minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o`tkazishi mumkin (https://t.me/migratsiyamatbuotkotibi/515).

Eslatib o`tamiz, bugun Toshkent – Moskva – Toshkent hamda Toshkent – Nyu-York charter reyslari amalga oshiriladi. 

    Boshqa yangiliklar