1

Apple iPhone SE telefoniga suratni yanada sifatli qayta ishlash imkonini beradigan prosessor o`rnatdi

Hi-tech 25.06.2020, 13:37
Apple iPhone SE telefoniga suratni yanada sifatli qayta ishlash imkonini beradigan prosessor o`rnatdi

Qurilmaning displeyi uning qolgan «aka-ukalari»ga qaraganda kichikroq – 4,7 dyuymni tashkil qiladi. Ya`ni, ushbu gadjetni bir qo`lda ushlash, boshqarish nisbatan qulay va oson.

Qurilmaning dizayniga keladigan bo`lsak, u tashqi ko`rinishidan iPhone 6ni esga soladi. Apple eski modeldagi telefon ishlab chiqaribdida, demang! iPhone SE iPhone 6ga o`xshab ketsada, ularni o`zaro solishtirsangiz, yaqqol farqni xis qilasiz. Telefonning orqa panelida bir dona, ammo o`ta sifatli suratga oluvchi kuchli kamera joylashgan. Shuningdek, unda A13 Bionis chip – eng so`nggi prosessor o`rnatilgan. Bu suratni yanada sifatli qayta ishlash imkonini yaratadi.

Murakkab o`yin ishqibozlari uchun ushbu telefonning batareyasi biroz muammo tug`dirishi mumkin. Akkumulyator kuchi 1821 mAs.ni tashkil qiladi. Ya`ni, telefonning bir marta to`ldirilgan quvvati o`rtacha 4-5 soatga etadi. Qurilmaning quvvatlanish muddati 2-2,5 soatni tashkil qiladi.

Telefonda Fase ID (telefon qulfini inson yuz shakli orqali ochish) funksiyasi mavjud emas. Uning o`rnini eski va qadrdon funksiya – Touch ID to`ldirgan. Qurilma ortiqcha namlik va chang-g`ubordan himoya funksiyasiga  ham ega. Uni bemalol qo`lga olib, hatto sovun bilan yuvishingiz ham mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1