"O`zstandart" ma`lumotlariga ko`ra , “UzTest” qoshidagi sinov laboratoriyalarini Jahon banki krediti asosida modernizasiya qilish hamda zamonaviy uskunalar bilan ta`minlash choralari ko`rilmoqda.
Kredit mablag`larini o`zlashtirish hisobiga mamlakatimizda oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini xalqaro standartlar talablariga muvofiq sifat va xavfsizlik ko`rsatkichlarini aniqlash imkoniyati oshiriladi, xususan Buxoro va Namangan viloyatlarida yangi yo`nalishdagi mahsulotlar tarkibidagi GMO miqdorini aniqlash laboratoriyasi tashkil etiladi.
Shuningdek, “UzTest” qoshidagi Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm markazlaridagi oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi maxsulotlarini sinash laboratoriyalari modernizasiyalash ko`zda tutilgan bo`lib, loyiha summasi 11,6 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.






