AsosiyJamiyat

Farg`onada 1 milliard so`mlik uyali telefonlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

'Farg`onada 1 milliard so`mlik uyali telefonlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari Toshloq tumanida tezkor tadbir o`tkazishdi, deya xabar bermoqda Davlat Bojxona qo`mitasi Axborot xizmati.

Tadbir davomida “Vodil-Toshloq” yo`nalishi bo`yicha harakatlanayotgan fuqaro X.A. boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtomashina to`xtatilib, o`rnatilgan tartibda xolislar ishtirokida tekshiruvdan o`tkazildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo`lmagan umumiy qiymati 331 million so`mlik 170 dona uyali telefonlar borligi ma`lum bo`ldi.

Shundan so`ng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro N.X.ning yashash xonadoni ham o`rnatilgan tartibda ko`zdan kechirildi.

Tekshiruv davomida ushbu shaxs o`z yashash uyida umumiy qiymati 718 million so`mlik 400 dona uyali telefonlarni noqonuniy ravishda saqlab kelayotgani aniqlandi.

O`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, umumiy qiymati 1 mlrd. 49 million so`mlik, jami 7 turdagi 570 dona uyali aloqa vositalari ashyoviy dalil tariqasida olib qo`yildi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari  tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar