AsosiyJamiyat

O`zbekiston Respublikasining 2016 yilgi davlat byudjeti qabul qilindi

11 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. 

Deputatlar O`zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg`armalari byudjetlari, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlari loyihalarini ko`rib chiqdilar. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot xizmati xabar berdi. 

Taqdim etilgan loyihalar iqtisodiyotning izchil o`sishiga, iqtisodiy barqarorlikning muvozanatlashtirilgan ko`rsatkichlarini hamda eksportning o`sishini saqlab qolishga, tashqi savdo to`lov balansining ijobiy saldosini ta`minlashga, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgandir. 2016 yilda ishlab chiqarishni modernizasiyalash, uni texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish va kengaytirish, shuningdek, yo`l-transport hamda muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturlarini faol amalga oshirishni davom ettirish nazarda tutilgan. 

Deputatlar kelgusi yilga shakllantirilgan soliq-byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlarida, shuningdek, asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlarda yalpi ichki mahsulotning 7,8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,2 foizga, qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirish 6,1 foizga, kapital qo`yilmalar hajmi 9,6 foizga o`sishi nazarda tutilayotganligini alohida qayd etdilar. 
 

    Boshqa yangiliklar