Bugun poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasida 20 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, shahar 3-son tug`ruq majmuasida 1 nafar, jami 39 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`ayib, o`z uyiga kuzatildi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
Tuzalganlarning 22 nafari erkak, 17 nafari ayol bo`lib, ularning eng yoshi ulug`i 68 yoshda, eng kichigi esa 4 yoshda.
Ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida 4423 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etilib, endilikda ularning 2606 nafari sog`aydi. Shu kunlarda shifokorlarimiz poytaxtimizdagi davolash muassasalaridagi 1806 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqdalar.
Shu tariqa hozirgi soatgacha mamlakatimiz bo`ylab sog`ayganlar soni 4724 nafarni tashkil etmoqda.






