Bugun, 25 iyun kuni Toshkent viloyati Yangiyo`l tumani «Qirsadoq» MFY, Toshkent shox ko`chasida joylashgan “Global Somsso Daevoo” MChJ qog`oz ishlab chiqarish Koreya-O`zbekiston qo`shma korxonasida yong`in sodir bo`ldi, deya xabar bermoqda FVV.
Voqea yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 36 ta yong`in-qutqaruv guruhi tezkorlik bilan hodisa joiyga etib borgan. Birlamchmi ma`lumotlarga ko`ra, korxona ichidagi 5000 kv.m maydonda yong`in kelib chiqqan. Ayni vaqtda alanga o`rab olinib, vaziyat to`liq nazoratga olingan.
Shuningdek, yong`inni bartaraf etish uchun hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar FVB boshliqlari, tuman hokimligi etib borgan.
Yong`in oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar to`g`risida ma`lumot kelib tushmagan. Hozirda o`t o`chirish ishlari davom etmoqda.
25.06.2020 13:12
Yangiyo`ldagi qo`shma korxonada yirik yong`in! Ayni paytda 36 ta yong`in-qutqaruv guruhi etib borgan






