AsosiyJamiyat

“O`zbekneftgaz”dan 12 mlrd. so`m undirildi

'“O`zbekneftgaz”dan 12 mlrd. so`m undirildi'ning rasmi

Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 13.03.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor   “O`zbekneftgaz” AJdan undiruvchi O`zbekiston Respublikasi Davlat zahiralariga 12 mlrd. 136 mln. 926 ming so`m qarz undirish ko`rsatilgan edi. Bu haqda MIB Axborot xizmati xabar qilmoqda. 

Mazkur ijro hujjati Byuroning Yashnobod tuman bo`limiga 17.06.2020 yilda kelib tushgan va O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo`zg`atilgan.  

Bo`lim davlat ijrochisi X.Alibekov tomonidan qarzdorga ijro hujjati talabini bajarishi uchun ixtiyoriy muddat belgilangan bo`lib, berilgan ixtiyoriy muddat ichida qarzdor  “O`zbekneftgaz” AJ.dan undiruvchi O`zbekiston Respublikasi davlat  zahiralariga 12 mlrd. 136 mln. 926 ming so`mlik qarz pullari to`lov topshiriqnomasiga asosan to`liq undirib berilgan.    

Shundan so`ng, ijro hujjati 20.06.2020 yilda O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan tamomlandi.

    Boshqa yangiliklar